
Safiya Burxanova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni!
Tokiodan xushxabarlar kelishi davom etadi. Bundan biroz avval para engil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 17 taga etdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
Fikrlar