
Sabina Sharipova musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Tunisning Monastir shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirni hamyurtimiz Sabina Sharipova g‘alaba bilan boshladi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi mazkur musobaqaning ilk bosqichida germaniyalik Romy Koelzerni 6:2, 6:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda S.Sharipova xitoylik Kyunven Zang bilan o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sabina o‘tgan haftada Tunisda bo‘lib o‘tganm usobaqaning yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar