Xitoyning Shenchjen shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida "Pingshan Open" turniri o‘tkazilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 60,000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ishtirok etmoqda.
Turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Sabina yakkalik bahslari birinchi davrasida mezbonlar vakili Mi Ksu Vuni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar