
Sabina Sharipova Farg‘onada g‘alaba qozondi
Farg‘ona shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25.000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda asosiy davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Birinchi davraga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra ikki hamyurtimiz Sabina Sharipova hamda Sevil Yo‘ldosheva o‘zaro raqobatlashdi. Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina 6:1, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Endi musobaqaning ikkinchi davrasida S.Sharipova belaruslik Ilona Kremen bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, Ilona dastlabki davrada umidli tennischimiz Setora Normurodovani mag‘lub etgan edi.
Fikrlar