Ruslan Chagaev: "Bu safar omadi kelmaganlar keyingi Olimpiadani zabt etishadi!"

  • 19 sentabr, 2024, 14:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boksimizning afsonaviy vakili Ruslan Chagaev bevosita Parij Olimpiadasiga borib, bokschilarimizni qo‘llab-quvvatlagan edi. Biz Chagaev bilan bog‘lanib, olimpiada taassurotlari va bokschilarimizning salohiyati haqidagi fikrlar bilan qiziqdik. 

Tecno

- To‘g‘risi, juda xursand bo‘ldim. Tarixiy natija qayd etildi. Bokschilarimizning 5 ta oltin medal qo‘lga kiritishi o‘zbek havaskor boksining darajasini ko‘rsatib berdi. O‘rin ololmagan bokschilarimiz ham g‘alabaga loyiq jang ko‘rsatishdi. Hamamsining salohiyati yuqori deb bilaman. Endi, ba’zilari professional boksga o‘tishar, ba’zilari esa yo‘q. O‘ylaymanki, professional boksda ham bu yoshlarimiz yaxshi natija qayd etishadi. Bu safar omadi kelmaganlar esa keyingi Olimpiadani zabt etishlariga ishonaman. Barchasiga omad tilayman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!