
Runi Angliyaning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi hozirda kimni eng yaxshi ingliz futbolchisi deb bilishini aytdi.
“Fil Foden men uchun eng yaxshisi. U bu mavsumda hali o‘zining eng yaxshi darajasini ko‘rsata olgani yo‘q, lekin Fil o‘z darajasini ko‘rsatsa Angliyada eng yaxshisi. Bellingem va Palmerni e’tirof etish mumkin, ammo men Fodenni tanlagan bo‘lardim”, - dedi Runi Talksport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Fil Foden o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. 24 yoshli yarim himoyachi APLning joriy mavsumida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi. "Manchester Siti" esa turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar