Rudi Garsiya: "Ronalduning golidan xursandman. Biroq..."

  • 4 fevral, 2023, 16:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya "Al-Fotih"ga qarshi kechgan bellashuv (2:2)dan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Krishtianuning gol urganidan xursandman. Ammo Taliskaning qizil olgani haqida bunday deya olmayman. To‘g‘ri, Taliskasiz o‘yinlarda ham g‘alaba qozonganmiz. Biz hatto Ronalduga qaram bo‘lishni ham istamaymiz.

Kelgusi bahslarda yanada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Sababi, oxirgi uchrashuvlarda ketma-ket gollar o‘tkazib yuboryapmiz", - dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, kecha Ronaldu 90+3-daqiqada penaltidan o‘zining "An-Nasr"dagi ilk golini kiritdi. Ahamiyatlisi, 11 metrlik jarima zarbasini hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ishlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!