Rubin Xebayga Turkiyaning birdaniga uchta klubi qiziqyapti

  • 23 avgust, 2023, 17:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Superligada 10 ta gol bilan to‘purarlar orasida borayotgan va joriy mavsumda chempionatimizning kashfiyot legionerlaridan biri sifatida tilga olinayotgan "Andijon"ning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay yana barchaning diqqat-markazida. Boisi, unga xorijdan ko‘z tikayotganlar paydo bo‘lmoqda.

Tecno

Jumladan, Turkiya Superligasida ishtirok etayotgan “Ankaragyudjyu”, “Rizespor” hamda “Alanyaspor” klublari Xebayga qiziqishyapti. Bu masala bo‘yicha “Andijon” klubi bosh direktoriga aloqaga chiqishgan va turklar taklif qilayotgan transfer summasi “Andijon” klubi tomonidan Xebaydek to‘purarga munosib emas deb hisoblanmoqda. Ma’lumot uchun, Turkiyada transfer oynasi 15 sentyabrda yopiladi.

Yuqorida nomlari keltirilgan uchala klub nomidan ish yuritayotgan turkiyalik agentlarning olib borayotgan muzokaralari qanday yakun topishini yaqin vaqtlar ichida bilib olamiz.

Ma’lumki, Rubin Xebay “Andijon”ga joriy yil qishki transfer oynasining so‘nggi kunida qo‘shilgan bo‘lib, 2 yillik shartnoma imzolangan. Klubga esa uni Turkiyaning boshqa bir klubi -  “Antalyaspor” menejerlari taklif qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, albaniyalik legionerning “Andijon” bilan imzolangan shartnomasi 2024 yilning oxiriga qadar amal qiladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
23/08/2023 17:53
Хеч кимга сотманглар у'зимизга х,ам керак