
"Rubin" o‘rtoqlik uchrashuvida "Navbahor"ni sharmandali hisobda mag‘lub etdi, legionerimizdan gol
"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib bormoqda.
Samvel Babayan shogirdlari bugun Rossiyaning "Rubin" klubiga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv qozonliklarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Raqib jamoa safida Kabutov dubl qayd etdi, Fameye, Apshatsev va legionerimiz Rahmonaliev bir marotabadan gol urdi. Shuningdek, "lochinlar" himoyachisi Luka Chermel o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Fikrlar
айти тактика йук бага деб