
RPLda Shomurodovga raqobatlik qilayotgan Sobolevga "A" Seriya klubi qiziqmoqda
Italiyaning "Lechche" klubi transfer oynasi yopilguniga qadar hujum chizig‘ini kuchaytirib olmoqchi.
"A" Seriyaga qaytgach, klub "Sassuolo" forvardi Xumu El-Babakarga da’vogarlik qilayotgan edi. Ushbu hujumchiga "Nantes" klubi ham qiziqish bildirgan.
Shu bilan birga, "Lechche" "Krilya Sovetov" forvardi Aleksandr Sobolev transferi bo‘yicha ham ish olib bormoqda.
22 yoshli hujumchi RPLning yangi mavsumida 8 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urdi va shu qatorda, hamyurtimiz Shomurodovga raqobatlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Sobolevga TsSKA va "Dinamo" jamoari ham qiziqish bildirgan.
Fikrlar