
RPLda o‘ynayotgan legionerlarimizning narxi yangilandi
O‘zbekistonlik bir necha futbolchilar Rossiya premer ligasida o‘ynamoqda. Taniqli "Transfermarkt" portali RPLda harakat qilayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Moskvaning TsSKA jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaevning narxi 2 million evro etib belgilandi (avval 750 ming edi).
Qozonning "Rubin" jamoasi sharafini himoya qilayotgan legionerlarimiz Umarali Rahmonaliev - 600 ming evro (avval 400 ming evro), Rustam Ashurmatov - 700 ming evro (avval 850 ming edi) bo‘ldi. "Nijniy Novgorod"dagi vakillarimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (900 ming evro) va Ruslanbek Jiyanovlarning (450 ming evro) narxi o‘zgarmadi.
Fikrlar