
RPL. Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning goli jamoasiga ochko olib keldi
RPL 22-turidan o‘rin olgan "Nijniy Novgorod" - "Spartak" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, moskvaliklar futbolchisi Martins Pereyra hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqada hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasiga 1 ochko taqdim etgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Spartak" hisobidagi ochkolari sonini 27 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular RPL turnir jadvalida 9-o‘rinni band etgan. 24 ochkosi bor "Nijniy Novgorod" 11-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar