RPL. Fayzullaevning goli ofsayd sabab bekor qilingan o‘yinda TsSKA "Rubin" bilan durang o‘ynadi

  • 21 oktabr, 2023, 18:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer ligasi 12-turidan o‘rin olgan "Rubin" - TsSKA bahi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tomonlarning 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. 

Tecno

Abbos Fayzullaev mehmonlar tarkibida asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. "Rubin" safida ikki hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov zaxirada qoldirildi. 

Fayzullaev o‘yinda dastlab darvoza ustunini nishonga olgandi. Keyinchalik legionerimiz hatto gol ham urdi. Biroq Abbosga pas bergan sherigi ofsaydda qolib ketgani bois uning goli inobatga olinmadi.

Ma’lumot o‘rnida, TsSKA ayni payt 18 ochko bilan 5-o‘rinni band etgan. "Rubin" esa 13 ochko to‘plagan holda 10-pog‘onadan joy egallagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!