Ro‘ziqul Berdiev: "Da Silva omadsiz transfer emas"

  • 14 may, 2024, 00:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Bunyodkor" jamoalari ishtirokidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar nursiz durangga imzo chekdi.  O‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ko‘p hujum qildik, ammo hisobni ocholmadik. Vaziyatlar haqida gapirmayman. Biz raqibning rejasini buza olmadik. Qolaversa, Bunyodkor darvozabonini alohida ta’kidlagan bo‘lardim. U bugungi bahsning qahramoniga aylandi.

Futbolchilarga ko‘proq zarba yo‘llab, standart vaziyatlardan foydalanishlari kerakligini ta’kidlagan edim. Raqib tempni tushirib, himoyaga e’tibor qaratib, imkoni bo‘lsa qarshi hujumlarga o‘tishni reja qilgan edi. O‘yin ularning rejasi asosida kechdi. Yigitlar kurashishdi, g‘alabaga intilishdi, ammo bu futbol.

Da Silva omadsiz transfer emas, u bilan bog‘liq muammo yo‘q. Natija bo‘lmaganida barcha jamoadagilarni ayblash mumkin. U bizning futbolga ko‘nikishi uchun vaqt kerak.  Viktorga bo‘sh hududlar ochib berish lozim. Raqib zich himoyalanganda, istalgan futbolchiga qiyin bo‘ladi. Maydonda kim yaxshiroq bo‘lsa, o‘sha harakat qilmoqda. O‘ylashimcha, bitta futbolchiga e’tibor qaratish noto‘g‘ri.

OKMK bilan ochiq futbol bo‘lgan edi. Shu sababli gollar ko‘p bo‘lgan, hisob esa yirik ko‘rinish olgan edi. Bugun esa raqib to‘liq himoyalandi. Bunyodkor bir kishi kam bo‘lib qolganida 8-1 sxemasida harakat qildi. Bunday holatlarda biz ba’zan shoshilyapmiz, ba’zida esa vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Bugun ham shoshilganimiz uchun uzatmalarda xatoliklar ko‘p bo‘ldi.

Davronov hamda Abdurahmatovning yo‘qligi qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bugun Golbanga imkoniyat bergan edik, jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurmagani sababli uni yana zaxiraga olishga majbur bo‘ldik. Alibek OKMK bilan uchrashuvda kichik jarohat olgan edi va shu sababli unga dam olish imkonini bergan edik. Zafarmurod kecha mashg‘ulotlarda qatnashdi. Bugun esa belidagi og‘riq sababli qaydnomaga kiritilmadi. Biz uning xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirgan edik", - dedi "ajdarlar" ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
14/05/2024 09:19
Рузикул Китобдан булганингиз учун хеч каттик гапирмаганман СССРчемпионатида ПАХТАКОР уйнарди Фёдоров Ан Хаджипанагс учлиги буларди булар учаласи хар кандай химояни ёриб утиб тупни дарвозага киритарди усирок кутга арпа уни бохона химояни ёриб утолмаса нима килади хужумчи булиб егиштирсин уйинчиларинг карам шурвасини хаммаси нонини халоллаб есин жамоа ёкмаса кетсин хохлаган жамоасига кеча стадионга бормадим бу уйинга албатта бораман шу уйини булса мени камаб юборса хам хаммасини тош бурон киламан
&
Bolelshik
14/05/2024 11:12
Nasafga tashqi bosim katta. Muxlis(mas)lar buni qaerdan ham tushunardi. Misol uchun, Berdiev OKMK ni yutgani uchun UFF Berdievga yo'q joydan ikkita jarima o'ylab topdi, "Kubok o'yinlarida hakamga e'tiroz bildirgani uchun". Tushundilaringmi? Alloh Nasafga va umuman o'zbek futboliga zarar beradigan yomonlardan qutqarsin!
&
Ulja Toliyev
14/05/2024 08:54
Химояни бузолмасанг Нима киласан тренир булиб йигиштириб куй кучли камандагаку умуман 16ни Ичида е́тиб оларкансан