Ro‘ziqul Berdiev: "Bizga durang ham etarli bo‘lishi mumkin, lekin..."

  • 4 dekabr, 2023, 09:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL 6-turidan o‘rin olgan "As-Sadd" - "Nasaf" uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Tecno

"Ikki jamoa ham futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi. O‘zi ham yaxshi o‘yin ko‘rsatadi, raqibga ham to‘p tepishga beradi. Ammo ikkalasi ham keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilgan va bunga harakat qiladi. 

Guruhimizda 3 ta klubda pley-offga chiqish imkoniyati bor. Bizni bir ochko ham qoniqtiradi, lekin maydonga faqat g‘alaba uchun tushmoqchimiz.

Albatta, har bir murabbiy jamoada o‘zgarish qilishga harakat qiladi. Menimcha, bu narsa biz uchun unchalik ham muhim emas. "As-Sadd" nafaqat Qatarning balki Osiyoning eng chiroyli o‘yin ko‘rsatadigan jamoalaridan biri. Oldin ham aytganman, jamoaga har doim hujumkor va natija ko‘rsatadigan o‘yin yarashadi. 

Ayrim yo‘qotishlar bor, lekin bizda yo‘q futbolchilarni o‘rnini to‘ldira oladigan o‘yinchilar bor", - dedi qarshiliklar bosh murabbiyi.  

Ma’lumot uchun, guruhda "Nasaf" 10 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. "As-Sadd" esa 3-pog‘onaga joylashgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SIDDIQOV IZZATILLA
04/12/2023 09:54
1 ochko ham yetarli deb uylamang faqat galaba kerak