Ro‘ziqul Berdiev AGMKga qarshi o‘yinda boy berilgan g‘alabaga nima sabab bo‘lganini aytdi

  • 26 iyun, 2022, 23:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 3-tur qoldirilgan bahsida AGMK o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

-Bu chempionatning eng yaxshi o‘yinlaridan biri bo‘ldi deb o‘ylayman. Bugun havoning issiq bo‘lishiga qaramasdan, ikkala jamoa ham ochiq o‘yin namoyish etdi. Vaziyatlar va gollarning ko‘pligi ham bundan dalolat berib turibdi. Birinchi bo‘limda o‘yinni ancha yaxshi nazorat qilib, hisobda oldida borayotgan edik. O‘yinni so‘nggi yarim soatini juda yomon o‘tkazdik va natijada 2 ta gol o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldik. Shunga qaramasdan ikkinchi goldan keyin ham bizda raqib darvozasini ishg‘ol etishga yana imkonyatlar bo‘ldi, ammo gol urishimiz uchun biroz omad etishmadi.

Bugun AGMK ham, biz ham bittadan ochko yo‘qotdik deb o‘ylayman. Balki bu boshqa raqobatchilarimiz uchun qo‘l kelgan bo‘lishi mumkin.

-Bu mavsum Superligada chempion bo‘lishga da’vogar jamoalar qaysilar deb o‘ylaysiz?

-Avvalgi mavsumlarda 2 yoki 3 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib borardi. Hozir esa bemalol aytishim mumkin, 6-7 ta jamoa chempionlik uchun kurashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!