
Roy Kin "Manchester Yunayted" hujumchisini qattiq tanqid qildi
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Roy Kin APLning 37-turi doirasida Londonning "Chelsi" jamoasiga qarshi o‘yinda "qizil iblislar" hujumchisi Rasmus Xoylundning harakatlarini tanqid ostiga oldi. Uchrashuv "Stemford Bridj"da bo‘lib o‘tib, mankunianliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
— "Rasmus go‘yoki hozirgina futbol akademiyasidan chiqqandek ko‘rinadi. U kerakli darajada ishlamayapti. Na yugurish bor, na bo‘sh zonalarga ochilish, na tezkor reaktsiya... Men unda futbol aqlini ko‘rmayapman, u boshqa top-klublar hujumchilari kabi vaziyat yaratib bera olmayapti. U o‘z o‘yinini yaxshilashi kerak", — deya Kinning so‘zlarini keltirdi Sky Sports.
Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida 22 yoshli daniyalik futbolchi 31 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar