"Rostov" bosh murabbiyi: Eldor juda kamtar va aqlli yigit. U Rossiya grandidan ko‘ra Evropaning o‘rtamiyona klubiga o‘tgani ma’qul

  • 14 avgust, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoa to‘purari Eldor Shomurodovning boshqa klubga o‘tishi mumkinligi borasidagi savolga javob qaytardi.

Tecno

- Hozir matbuot Shomurodov haqida iliq fikrda. Bundan uning boshi aylanib qolmayaptimi?

- Bugungi kunda bunday bo‘lmaslii kerak. Eldor juda kamtar, aqlli va etarlicha sovuqqon yigit. U hozir nimalar bo‘layotganini to‘g‘ri baholaydi.

- Yaqinda TsSKA unga qiziqish bildirgani rostmi?

- Bu savol men uchun emas. Bu borada hech narsani bilmayman.

- Siz uni Rossiya klubiga emas, Evropaga ketishini xohlaysizmi?

- Aslida, ha. Uning “Rostov”da yana bir muddat o‘ynashini xohlardim. Agar keyinchalik Evropadan takliflar bo‘lsa, u Rossiya grandi safiga o‘tganidan ko‘ra g‘arbga yo‘l olgani ma’qul.

Albatta, Evropa grandi safiga o‘tish oson emas. Ammo, dastlab kamtarroq jamoada o‘ynashni boshlab, keyinchalik yuqoriga ko‘tarilishga harakat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi joriy mavsum hozircha RPLda 4-gol urdi va u to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan  Artyom Dzyuba (“Zenit”) va Aleksandr Sobolevlarga (“Krilya Sovetov”) etib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!