
Rossiya terma jamoasining ikki yillik golli seriyasi barham topdi
Rossiya terma jamoasi kecha UEFA Millatlar ligasining 4-turi doirasida o‘z maydonida Vengriyani qabul qildi va 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi.
Stanislava Cherchesov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi 2018 yilning 20 noyabridan buyon ilk bor maydonni golsiz tark etdi. 2 yil oldingi bahsda Rossiya Shvetsiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Shunday qilib, Rossiya terma jamoasining 14 ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan golli seriyasi barham topdi.
Fikrlar