
Rossiya terma jamoasi nazorat bahsida quyi liga vakili darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
Evro-2020 saralashiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiya terma jamoasi bugun quyi divizion vakili hisoblangan “Chertanovo” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Artyom Dzyuba, Anton Miranchuk, Aleksandr Golovin, Fyodor Smolov, Fyodor Chalov va Reziuan Mirzovlarning kiritgan gollari evaziga 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Rossiya - "Chertanovo" - 6:0 (3:0)
Gollar: Dzyuba, 7 - 1:0, Ant. Miranchuk, 28 - 2:0, Golovin, 44 - 3:0, Smolov, 47 - 4:0, Chalov, 62 - 5:0, Mirzov, 79 - 6:0.
Rossiya: Gilerme (Lunev, 33. Shunin, 61), Djikiya (Belyaev, 46. Sorokin, 69), Semenov (Noyshtedter, 46), Mariu Fernandes (Petrov, 46), Kudryashov (Chernov, 46), Gazinskiy (Axmetov, 18. Bakaev, 61), Al.Miranchuk (Ionov, 33. Barinov, 61), Ant.Miranchuk (Oblyakov, 33. Mirzov, 61), Golovin (Zobnin, 46), Ozdoev (Chalov, 46), Dzyuba (Smolov, 46).
"Chertanovo": Radionov, Redkovich, Soldatenkov, Parshikov, Gorshkov, Prutsev, Vityugov, Kolesnichenko, Zavezen, Sarveli, Tsypchenko (Prudnikov, 55).
Eslatib o‘tamiz, Stanislav Cherchesov shogirdlari endi 8 iyun kuni Saransk shahrida San-Marino termasini qabul qilishadi. Oradan 3 kun o‘tib, ya’ni 11 iyun kuni Rossiya terma jamoasi Nijniy Novgorod shahrida Kipr terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar