
Rossiya premer-ligasi. Hojimat Erkinov jamoasi Shomurodovning sobiq klubiga qarshi o‘ynaydi
Bugun Rossiya chempionati 8-tur uchrashuvlari yakuniga etadi. Unda legionerimiz Hojimat Erkinov harakat qiladigan "Torpedo" o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
22:00 da boshlanadigan "Torpedo" - "Rostov" uchrashuvi "Match Premer" telekanali orqali jonli namoyish etiladi. Shu tariqa, bugun 8-tur o‘yinlari yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda moskvaliklar 1 ochko bilan 15-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar