Rossiya o‘z o‘rnini Ruminiyaga boy berdi

  • 19 noyabr, 2020, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi kecha UEFA Millatlar ligasi so‘nggi 6-turida safarda Serbiyaga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

Parallel kechgan bahsda Ruminiya Shimoliy Irlandiya bilan (1:1) durang o‘ynadi. Shu tariqa, Ruminiya FIFA reytingidagi ochkolari sonini 1466 taga etkazib oldi. Rossiya hisobida esa, 1461 ochko mavjud. Shu bois, Ruminiya “JCh-2022” saralash qur’asida 2-savatchadan joy oladi. Belgradda mag‘lub bo‘lgan Rossiya 3-savatchaga tushirib yuboriladi.

UEFA Millatlar yakuniga ko‘ra, Rossiya ham, Ruminiya ham “B” divizionda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!