
Rossiya kubogi. "Baltika" - TsSKA: Birgina gol o‘yin taqdirini hal qildi
Rossiya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Baltika" - TsSKA uchrashuvida moskvaliklar zafar quchdi.
O‘yindagi yagona golni 39-daqiqada Davila urdi. Chililik futbolchi qaychi uslubida zarba berib, chiroyli gol bilan hisobni ochdi. Fayzullaev esa to‘liq harakatlandi.
Shu tariqa, TsSKA birinchi bahsda g‘alaba qozondi. Javob uchrashuvi 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar