
Ronalduning Saudiyadagi ajoyib lahzalari ham muxrlanadigan bo‘ldi
Hozirda "An-Nasr" sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu sharafiga muzey ochildi.
"FourFourTwo" portalining xabariga ko‘ra, muzey Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) joylashgan. U 38 yoshli to‘purarning futbolchilik faoliyatidagi eng muhim lahzalarni namoyish etadi.
Krishtianu "An-Nasr"ga 2023 yil boshida o‘tgan va klub bilan 2025 yilning yoziga qadar mehnat shartnomasi imzolagandi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 15 ta gol (3 tasi penaltidan) va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar