Ronalduning Saudiya chempionatida urgan ilk goli 16-tur bezagiga aylanishi mumkin (video)

  • 13 fevral, 2023, 18:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Al-Vehda" darvozasiga kiritgan birinchi goli (4:0) Saudiya Arabistoni chempionati 16-turining eng yaxshi goli nominatsiyasiga da’vogar bo‘ldi.

Tecno

Portugaliyalik hujumchi bilan birgalikda "Abxi" hujumchisi Navaf Al-Sadi va "Al-Ittihod" vakili Romarino kiritgan to‘plar ham mazkur sovringa da’vogarlik qilmoqda.

"Al-Vehda" bilan o‘yinda Ronaldu 21, 40, 53 va 61-daqiqalarda gol urib, poker muallifiga aylangandi.

Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi goli uchun ovoz berish liganing "tvitter" sahifasida bo‘lib o‘tmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!