
Ronalduning "Manchester Yunayted" ga o‘tishi XXI asrning eng yaxshi transferi deb topildi
Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi XXI asrning eng foydali transferi ekanligi tan olindi.
"Goal" sayti asr boshidan buyon eng samarali transferlar reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatda Krishtianu Ronalduning 2003 yilda "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga 12 million funt sterlingga o‘tishi birinchi o‘rinni egalladi.
"Goal" versiyasi bo‘yicha XXI asrning eng foydali transferlari TOP-3 ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi. 12 million funt;
2. Jeymi Vardining "Lester"ga o‘tishi. 1,7 million funt;
3. Samuel Eto′Oning "Inter"ga o‘tishi. 46 million evro.
Fikrlar