
Ronalduning kuchli tomoni nima?
"An-Nasr" bosh murabbiyi yordamchisi Vitor Severino Saudiya Arabistoni jamoasining 39 yoshli portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“Krishtianu Ronaldu professional futbolchining namunasidir. U juda ko‘p mashq qiladi va agar siz Krishtianu buni qanday qilishini aniq kuzatsangiz, hayratda qolasiz. Mashg‘ulotlarga kelganingizda, Ronaldu allaqachon shu erda bo‘ladi, mashg‘ulot tugagach, u darhol ketmaydi. Mehnatsevarlik, boshqalarga hurmat va g‘alabaga chanqoqlik uni buyuk inson qilgan. Bu uning kuchli tomoni.
Ronaldu tug‘ma etakchi. U maydonga tushgach, jamoadoshlari unga haqiqiy etakchi sifatida qarashadi”, — deb Severino.
Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda qatnashib, 41 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar