
Ronaldu ketishini eshitgan Dibala maoshini ikki karra oshirishni talab qila boshladi
“Yuventus”da hujumchilar muammosi kelib chiqishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaning asosiy to‘purari Krishtianu Ronaldu mavsum yakunida Turinni tark etishi ehtimoli katta.
Yana bir hujumchi Paulo Dibala esa bu xabardan so‘ng maoshini ko‘tarishni talab qilmoqda. Argentinalik hujumchi yiliga 15 million evro olishni istayapti. Ayni paytda “Yuventus” unga yiliga 7,3 million evro to‘lamoqda. Ronaldu esa 31 million evro oladi.
“Yuventus” rahbariyati Dibalaga 11-12 million evrolik maosh ko‘rsatilgan yangi shartnoma taqdim qilmoqchi.
Fikrlar