Ronalduni to‘xtatsa bo‘ladimi?
“Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni A Seriyaning 18-turida “Yuventus” bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
- “Yuventus” ko‘p yillardan beri chempionlikni hech kimga bermayapti. Bizning bosh sovrini uchun yo‘limiz o‘tgan yili Antonio Konte jamoani qabul qilib olgan paytdan boshlandi. Biz “Yuventus”ni qiyin ahvolga solishimiz kerak.
Krishtianu Ronalduni qanday to‘xtatish mumkin? Buni bilsam edi...
Biz kuchli raqibga qarshi jamoaviy o‘yin namoyish qilishimiz lozim, - dedi Bastoni.



Fikrlar