
Ronalduni to‘xtatishdi
UEFA Millatlar ligasining to‘rtinchi turida Shotlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya futbolchilari bilan kuch sinashdi.
Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar bittadan ochkoga ega bo‘ldi.
39 yoshli Krishtianu Ronaldu bu gal raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Shu tariqa, jahon futboli to‘purarining xalqaro miqyosdagi golli seriyasi to‘xtadi. Bungacha portugaliyalik byulduz terma jamoada ketma-ket uchta uchrashuvda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yayotgan edi.
Krishtianu Ronaldu jahon futbolida eng ko‘p – 206 ta gol urgan futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, u terma jamoa uchun eng ko‘p – 215 ta o‘yin o‘tkazib, eng ko‘p – 133 ta to‘p kiritgan.
Fikrlar