Ronalduni "ko‘chada qoldirgan" jurnalist uning arab klubiga o‘tayotgani haqidagi xabarga izoh berdi
Krishtianu Ronalduning MYudagi faoliyatiga “nuqta” qo‘ygan intervyuni olgan jurnalist Pirs Morgan portugaliyalik yulduzning “Al-Nasr”ga o‘tishi haqidagi xabarlarni mutlaqo inkor etdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marca nashri 1 yanvardan boshlab Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi futbolchisiga aylanishi va dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi.
"Yana noto‘g‘ri", - deya izoh berdi jurnalist.
Avvalroq teleboshlovchi Ronaldu va “Al-Nasr” o‘rtasidagi shartnoma haqidagi xabarni allaqachon inkor etgan edi.



Fikrlar