
Ronaldudan boshqa sardorlikka loyig‘i qolmadi!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya premer-ligasining 15-turida “Aston Villa”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Krishtianu Ronalduni sardor sifatida tanlaganiga izoh berdi.
- Jamoamiz sardori Harri Maguayr zaxira o‘rindig‘ida qolgandi. “Manchester Yunayted”ning etakchilaridan hisoblangan David de Xea darvozabonligi uchun o‘yinchilarning asosiy qismidan ancha uzoqda bo‘ladi.
Bunday holatda Kazemiro sardorlik qilishi kerak. Lekin u ingliz tilida gapirishga qiynalmoqda. Shu sabab sardorlik bog‘ichini Ronalduga berdik, - dedi niderlandiyalik bosh murabbiy.
Ta’kdlash joizki, jamoa sardorining o‘rinbosari hisoblangan Brunu Fernandesh diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar