Ronaldudan 100 ta zarba
Qatardagi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu jahon futbolida hali hech kimga nasib qilmagan natija qayd etdi.
37 yoshli hujumchi beshinchi marotaba mundialda ishtirok etmoqda. Ronaldu jahon chempionatlari tarixida raqib darvozasi tomon yuz marta zarba yo‘llagan birinchi futbolchiga aylandi. Mutaxassislar bu rekordni yangilash yaqin kelajakda hech kimga nasib etmasligini ta’kidlamoqda.
Krishtianu Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘z mamlakati terma jamoasida gol urish bo‘yicha ham rekord aynan portugaliyalik yulduzga tegishli va u 118 ta goldan iborat.
Portugaliya terma jamoasi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, chempionatni davom ettiradi va nimchorak finalda Shveytsariya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.



Fikrlar