Ronaldu yanvarda Turindan ketishi kutilmoqda. Borar manzili ham aniq

  • 26 oktabr, 2020, 18:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati qishki transferlar mavsumida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Avvalroq,parijliklar “Yuventus”ning Kilian Mbappega qiziqishini inobatga olib, qo‘shimcha kompensatsiya to‘lagan holda, frantsiyalik hujumchini Ronalduga almashtirmoqchi edi. Bu rokirovka amalga oshmagan taqdirda ham, PSJ portugaliyalik to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Chunki PSJ xo‘jayini  Nasser Al-Xelaifiy Ronalduning muxlisi hisoblanadi va aynan u 35 yoshli hujumchini Parijga olib kelishga bel bog‘lagan.

PSJ rahbarlari Krishtianu Ronaldu uchun 70 million evrodan voz kechishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham bir necha marotaba PSJga o‘tish istagi borligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!