
Bu ishni Ronaldu ham, Messi ham uddalay olmayapti
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Pari Sen-Jermen” yulduzi Lionel Messining quruq seriyasi cho‘zilib ketdi.
Portugaliyalik futbolchi oxirgi golini 15 fevral kuni “Brayton” darvozasiga kiritgan edi va ayni paytda uning golsiz seriyasi 305 daqiqaga etdi.
Parijliklar sharafini himoya qilayotgan argentinalik hujumchi 6 fevraldan beri gol ura olmayapti. Uning omadsiz seriyasi 412 daqiqani tashkil qilmoqda.
Umumiy hisobda, Ronaldu Angliya premer ligasida to‘qqizta to‘p kiritgan bo‘lsa, Messi Frantsiya chempionatida o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ydi xolos.
Fikrlar