Ronaldu va Messi bir sovrin uchun raqobatlashmoqda

  • 14 dekabr, 2021, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yil yakunida an’anaviy tarzda eng yaxshi futbolchiga beriladigan Globe Soccer Awards mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi.

Tecno

Nomzodlar orasida Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”), Killian Mbappe, Lionel Messi (ikkalasi ham PSJ), Karim Benzema (“Real”), Robert Levandovski (“Bavariya”) va Muhammad Saloh (“Liverpul”) bor.

Taqdirlash marosimi 27 dekabr kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq ushbu sovrinni Ronaldu (6 marta), Radamel Falkao, Frank Riberi, Messi (har biri 1 martadan) qo‘lga kiritgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Globe Soccer Awards asoschisi Ronalduning agenti Xorxe Mendes hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!