
Ronaldu va Messi 25 kundan so‘ng to‘qnash keladi. Ikkinchisi esa, dekanbrda bo‘ladi (Foto)
Evropa Chempionlar ligasida guruh bosqich o‘yinlarining sanalari ma’lum qilindi.
Ko‘pchilikning e’tibori "G" guruhidagi "Yuventus" va "Barselona" uchrashuvlariga qaratilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ronaldu hamda Messining dastlabki to‘qnashuvi Turinda 28 oktyabrda kuzatiladi. Jamoalarning javob bahsi esa, 8 dekabr kataloniyada bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, kvartetdan "Dinamo K" va "Ferentsvarosh" ham o‘rin olgan. Guruhda asosiy raqobat ikki dahosi bor jamoalar o‘rtasida kechishi aniq.
Fikrlar