Ronaldu tarixiy rekord ostonasida

  • 15 iyul, 2020, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi va Italiya A Seriyasida 50 ta va undan ortiq gol urgan birinchi futbolchi sifatida tarixga kirishi kutilmoqda.

Tecno

Buning uchun portugaliyalik to‘purar atigi bitta gol ursa kifoya. 2018 yildan buyon Turin klubi sharafini himoya qilayotgan hujumchi A Seriyada 49 ta golga mualliflik qilgan.

Bungacha, Ronaldu “Manchester Yunayted” tarkibida 196 ta uchrashuvda 84 ta, “Real” safida 292 ta o‘yinda 311 ta gol urgan.

Futbol tarixida kuchli beshlikka kiruvchi uchta chempionatda 50 ta va undan dan ortiq gol urgan birinchi  futbolchi sifatida Edin Jeko tan olinadi. Bosniyalik hujumchi “Volfsburg” jamoasi uchun Bundesligada 111 ta o‘yinda 66 ta to‘p kiritgan. “Manchester Siti” safida 130 ta o‘yinda 50 ta golni nishonlagan. 2015 yildan bun “Roma”da to‘p surayotgan Jeko 137 marta tushib raqiblar darvozasini 68 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!