Ronaldu rostan ham "Al-Nacsr"ga o‘tyaptimi?

  • 6 dekabr, 2022, 20:50
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ko‘plab nashrlar 1 yanvar sanasida Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqida yozmoqda. So‘nggi bir oy ichida Krish butun dunyoni o‘zi haqida fikr bildirishga majburlayotgani rost. JCh boshida "Manchester Yunayted" bilan o‘rtadagi shartnomasini bekor qilgan bo‘lsa, chorak final arafasida yangi klubi nomi ham ma’lum bo‘lgani katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Aslida, bir oy ichida dunyoning eng mashxur klubidan ketib, eng badavlat jamoasi e’tiboriga tushish Ronaldudan boshqasi eplay olmaydigan ish.

Tecno

Taniqli "Marca" nashrining ma’lum qilishicha, Ronaldu allaqachon Jaloliddin Masharipov to‘p surayotgan "Al-Nassr" jamoasi bilan shartnoma imzolab bo‘lgan. Unga ko‘ra, kelishuv 1 yanvardan kuchga kiradi. Shartnoma 2,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 37 yoshli hujumchi yaqin sharqni zabt etishga qaror qilgan.

Buning asosiy sabablaridan bir esa, so‘zsiz portugaliyalikka taklif etilayotgan fantastik moash. Ronaldu turli bonus va reklama roliklarini hisobga olganda 200 million evro ishlab topadi. Ya’ni, Krishtianu sayyoramizning eng serdaromad futbolchisiga aylandi. Bu ham yana bir o‘ziga xos rekord degani.

"Marca" nashrining ma’lum qilishicha, bu transferning asosiy sababi Ronaldu Evropada avvalgidek jamoasini elkasida olib yurishga qodir emasligini tushunib etgan. Osiyoda esa, buni uddalashi mumkin. Hozir "Al-Nassr" safida Jaloliddin Masharipovdan tashqari David Ospina, Alvaro Gonsales singari legionerlar to‘p tepmoqda.

poukshpoukshpo2

Hozir bir manba bilan chegaralanib qolish noto‘g‘ri. Shunga qaramay, yozda ingliz nashrlarining tarqatgan xabarlarga e’tibor qilsak, vaziyat oydinlashadi. "The Mirror", "The Sun" va boshqa ko‘plab manbalar "Manchester Yunayted" Ronaldu borasida Saudiya Arabistonidan boshqa mamlakat klublaridan taklif qabul qilmagani haqida yozilgan. Katta ehtimol bilan, futbolchi sekin-asta mana shu darajaga tayyorlanib kelgan bo‘lishi mumkin. Hatto, "Sporting" klubi hali Ronaldu bilan muzokara o‘tkazgani yo‘q.

Endilikda, "Marca" nashri tarqatgan xabarni inkon etuvchi turli manbalarning ma’lumotlari paydo bo‘lmoqda. Barchasiga mundial so‘ngida e’lon qilinadigan rasmiy ma’lumotlar oydinlik kiritadi. Voqealar rivojini saytimizda kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!