Ronaldu "Real"ga qaytishi mumkin
Mavsumlar oralig‘ida "Yuventus" tarkibini tark etishi kutilayotgan Krishtianu Ronaldu "Real"ga qaytishi mumkin.
35 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun MYu, "Nyukasl", "Inter Mayami" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Don Balon nashri.
Turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadigan futbolchi joriy mavsumda 22 ta o‘yinda 21 ta gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar