
Ronaldu qaerda to‘p tepishini aytdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning yozgi transfer mavsumida Turinni tark etish haqida turli xabarlar ko‘payib bormoqda. Xususan, portaguliyalik to‘purar mavsum yakunlanishi bilan PSJ, “Real” va “Manchester Yunayted”ga o‘tishi to‘g‘risida matbuotda ko‘p yozilmoqda.
Krishtianu Ronalduning o‘zi bu xabarlarga o‘z munosabatini bildirib, faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida qarorini oshkor qildi.
Unga ko‘ra, “Yuve” to‘purari shartnomasi yakuniga qadar jamoada qoladi. Futbolchining aytishicha, oilasi Turinga moslashib olgan va ularga bu shaharda yashash yoqyapti.
Shuningdek, Ronaldu klub rahbariyati uni boshqa jamoaga transfer qilishi haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmaganini ham alohida ta’kidladi.
Ronaldu dunyo to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Undan oldin kimlar bor?
Ronaldudan yangi rekordlar
MYu Ronalduga aloqaga chiqdi. Bu transferni kim hal qiladi?
Ronalduning “Yuve”dagi o‘rnini Neymar egallaydimi?
Fikrlar