
"Ronaldu pulni tanladi, uning terma jamoaga chaqirilishiga shubham bor" - futbol agenti
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkanidan xabaringiz bor.
Futbol agenti Paulo Barbosa 37 yoshli hujumchining riyodliklar safiga ko‘chib o‘tgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "U ko‘proq pul ishlash variantini tanladi, lekin bu qimmatga tushishini tushunib turibdi. Endi Ronalduning terma jamoaga chaqirilishiga shubham bor",-deya Barbosa so‘zlarini keltirmoqda "Sport Express" nashri.
Krishtianu "Nassr" tarkibida yiliga taxminan 200 million evro ishlab topishi aytilmoqda. Bungacha u "Sporting", "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Avvalroq, 37 yoshli futbolchining 2026 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etmoqchi ekanligi aytilayotgandi.
Fikrlar