
Ronaldu Portugaliyaning Urugvay darvozasiga kiritilgan ilk golida to‘pga tegmagani ma’lum bo‘ldi
"Manchester Yunayted" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Urugvayga qarshi o‘yinda kiritilgan birinchi golda to‘pga tegmagani e’lon qilindi. Bu "Adidas" texnologiyasi, ya’ni maxsus datchik yordamida aniqlandi.
2022 yilgi Jahon chempionatida har bir to‘pga maxsus sensor o‘rnatilgan. Ushbu texnologiya ofsaydlar, aniq bo‘lgan yoki bo‘lmagan teginishlarni aniqlashga hizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 54-daqiqada Portugaliya terma jamoasi Urugvay darvozasiga to‘p kiritib, hisobni ochdi. Dastlab, gol Ronaldu nomiga qayd etildi. Ammo keyinroq Krishtianuning to‘pga tegmagani ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa, gol muallifi sifatida assist qilgan Brunu Fernandesh nomi keltirildi.
Fikrlar