
Ronaldu o‘zi uchun yangi klub tanladi. Biroq muammo bor
Markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirish borasida bir qarorga keldi. Avvalroq “Manchester Yunayted”ni tark etish istagini bildirgan futbolchi o‘zi uchun yangi bo‘lgan chempionat – Bundesligada sinab ko‘rmoqchi.
Jurnalist Pedro Sepulveda xabariga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik "Bavariya"ga o‘tishni istamoqda.
Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, myunxenliklar tajribali to‘purar bilan shartnoma imzolashga unchalik shoshilmayapti.
Avvalroq "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag KriRoni "Old Trafford" egalari safida olib qolishga harakat qilishi haqida xabar berilgandi. Hujumchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar