Ronaldu oldida endi "Napoli" varianti paydo bo‘ldi

  • 2 iyul, 2022, 23:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronalduga A Seriya klubi "Napoli" qiziqish bildirmoqda. Futbolchi ham "qizil iblislar"ni tark etishga qarshi emas.

Tecno

"The Athletic" nashriga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi Evropa ligasida o‘ynashni istamayapti. U chempionlar ligasida qatnashadigan jamoa safida to‘p tepmoqchi.

Shuningdek, "Napoli"dan tashqari Ronalduga PSJ, "Chelsi", "Bavariya" kabi top klublardan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu o‘tgan mavsum APLning 30 o‘yinida 18 gol va 3 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!