Ronaldu Messi uchun jamoasini o‘zgartiradi

  • 8 yanvar, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronalduning jamoadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Riyodliklar portugaliyalik futbolchi bilan 30 iyun kuni tugaydigan shartnomani uzaytimoqchi.

Tecno

Shunga qaramay, Ronalduning rejasi biroz boshqacha shakllana boshladi. Kelasi oy qirq yoshni qarshilaydigan yulduz "An-Nasr" bilan nufuzli sovrinlarga ega chiqa olmasligiga amin bo‘ldi. U klub rahbariyatidan tarkibni kuchaytirishni talab qilgan.

Biroq Krishtianuning oldida yangi variant paydo bo‘ldi. “Al-Hilol” jamoaga yordami tegmagan Neymar o‘rniga Saudiya Arabistonida ham tinimsiz gol ura olishini isbotlagan Ronalduni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Sovrinlarni yaxshi ko‘radigan Ronaldu “Al-Hilol”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tsa, yangi formatda tashkil qilinadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniga  ega bo‘ladi. “Al-Hilol” futbolchilari “An-Nasr”dan farqli ravishda bu musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana Ronaldu va Lionel Messining bevosita raqobatini ko‘rishimiz mumkin. Chunki bu turnirda argentinalik yulduz “Inter Mayami” tarkibida to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!