Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytishi sababini aytdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL 4-turidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
«Ikkita gol urishni kutmagan edim. Muxlislarimizni va ular bugun men uchun qilgan ishlarini qadrlayman. Bundan faxrlanaman!
Eng asosiysi - g‘alaba qozonish. MYu o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak. Jamoa g‘alaba qozonishi va g‘oliblik mentalitetini yaratishi lozim. Biz bunga e’tibor qaratamiz. Albatta, men gol urganimdan xursandman, buni yashirmayman, lekin asosiysi jamoa va ular yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.
Sensatsiyalar aqlbovar qilmas darajada. Men asosiy tarkibda maydonga tushganimda, qasam ichamanki, asabiylashdim! Tabiiyki, muxlislar o‘yin davomida mening ismimni kuylashini kutmagan edim. Men juda asabiy edim. Garchi, bu sezilmasa ham, shunday bo‘ldi. Meni yaxshi kutib olishdi. Men g‘alaba qozonishni va jamoaga yordam berishni xohlayman.
Kecha yaxshi o‘ynab, jamoaga yordam bera olishimni ko‘rsataman, deb o‘yladim. Bu ajoyib klub va ular men bilan faxrlanishi uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilaman.
Barchamiz bilamizki, Angliyada futbol boshqa davlatlarnikiga o‘xshamaydi. Rostini aytsam, Premer-ligada futbol o‘ziga xos. Men 18 yoshimda bu erga ko‘chib keldim va ular menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi. Shuning uchun qaytdim",-dedi Ronaldu.



Fikrlar