Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin egalladi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z rekordi bilan futbol tarixidan o‘rin egalladi.
36 yoshli futbolchi Irlandiyaga qarshi o‘yinda ikki gol kiritib jamoasiga g‘alaba olib berdi. Endilikda, uning hisobida terma jamoa safida urilgan gollar soni 111 taga etdi.
Ushbu natija sababli Ginnesnig rekordlar kitobi futbolchiga sertifikat taqdim etdi.
"Hammasi uchun rahmat. Seni dunyodagi kamsonli insonlar qatorida ko‘rishgani doim yoqimli. Endi, bundan ham kattaroq natijalarga erishishga urinib ko‘ramiz!",-deb futbolchi o‘z instagramida post qoldirdi.




Fikrlar