Ronaldu Evropaga qaytadigan bo‘ldi! Navbatdagi jamoasi tayin...

  • 5 yanvar, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu faoliyatida yana keskin burilish bo‘lishi kutilmoqda. “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi yarim yildan keyin yakunlanadigan 39 yoshli futbolchi ayni paytda rasman boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega.

Tecno

El Gol Digital nashri futbol afsonasi Evropaga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi. Grand klublari hali Ronalduga ish taklif qilishga shoshilmayapti. Biroq futbolchi professional faoliyatini boshlagan “Sporting” mohir to‘purar yordamiga muhtoj.

Futbol ekspertlari Krishtianu Ronaldu uzoq davom etgan professional faoliyatini o‘zini tarbiyalagan “Sporting”da yakunlashi mantiqan to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Ronaldu “sherlar” tarkibda 31 ta uchrashuvda beshta gol urganidan keyin 19 million evro evaziga “Manchester Yunayted”ga transfer qilingan. Oradan 22 yil o‘tib, mohir to‘purar yana qadrdon klubiga qaytishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!