Ronaldu Chempionlar ligasida qatnasha olmaydi, sababi...

  • 15 sentabr, 2024, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi doirasida Iroqning “Ash-Shurta” klubi bilan bo‘ladigan uchrashuvda Krishtianu Ronaldu xizmatidan foydalana olmaydi.

Tecno

Riyod klubi matbuot xio‘matining ma’lum qilishicha, portugaliyalik yulduzo‘zini yomon his qilgani ortidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv chog‘ida 39 yoshli futbolchi virusli infektsiyaga yo‘liqqani aniqlandi.

“An-Nasr” tibbiyot bo‘limi murabbiylar shtabiga Ronaldu bir necha kun dam olishini lozimligini tayinladi.

Saudiyaliklar Iroq jamoasi bilan 16 sentyabr kuni o‘zaro kuch sinashishi kerak. Tarkibda Ronaldu bo‘lmagani bilan Marselo Brozovich, Sadio Mane, Emerik Lyaport kabi mashhur o‘yinchilar jamoaga yordam berishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!